Veon Ltd. kompaniyasi (Beeline brendi ostida ishlaydigan “Vimpelkom” OAJ bosh kompaniyasi) “Rivojlanayotgan bozorlar” va “Yevrosiyo” bo‘linmalari rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lganini ma’lum qildi, deb yozadi “Mobinfo.uz”.
“Rivojlanayotgan bozorlar” bo‘linmasi (Pokiston, Bangladesh va Jazoirni o‘z ichiga oladi) rahbari Jon Eddi va “Yevrosiyo” bo‘linmasi (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston va Gruziyani o‘z ichiga oladi) rahbari Mixail Gerchuk o‘z lavozimlarini tark etdi.
Ularning o‘rinlarini tegishli ravishda Jazz (Veon’ga kiradi) bosh direktori Amir Ibrohim va “Kiyevstar” kompaniyasi (Veon guruhiga kiradi) bosh direktori Pyotr Chernishov egalladi. Ta’kidlanishicha, Ukrainadagi eng yirik operatorlardan birining bosh direktori Pyotr Chernishov “Kiyevstar”ni boshqarishda davom etadi, shuningdek, Veon’ning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston va Gruziyadagi biznesi uchun javob beradi.
Izoh (0)