Italiya A seriyasining 25-turida “Napoli”, “Yuventus” va “Milan” klublari minimal hisoblarda zafar quchdi.
Shu tariqa neapollik futbolchilar peshqadamlikni saqlab qolishga erishdi. Ular “Yuventus”dan 1 ochko ko‘proq jamg‘argan. Mauritsio Sarri Yevropa Ligasi go‘yoki unga kerak emasdek, “Leytpsig”ga qarshi o‘yinga jiddiy e’tibor qaratmagandi. Ayni paytda “Napoli” bor imkoniyatini A seriyada zafar quchishga safarbar qilgani yaqqol namoyon.
“Yuventus” esa Turin derbisida muvaffaqiyat qozondi. Chempionlar Ligasining “Tottenhem”ga qarshi javob o‘yini oldidan biroz qiyin vaziyatga turgan Massimiliano Allegri jamoasiga Aleks Sandroning goli yordam berib yubordi.
Gattuzo boshchilik qilayotgan “Milan” barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda ketma-ket 10 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi. Shularning 7 tasida milanliklar zafar quchishga erishgan. Ammo navbatdagi ikki tur jamoaga oson o‘tmasligi aniq. Chunki raqiblar Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan “Roma” va “Inter” klublari bo‘ladi.
Chempionlar Ligasi oldidan “Roma” “Inter”dan o‘zib ketdi. Bugun “Yuventus” Turin derbisida o‘ynaydi
Italiya A seriyasi 25-tur o‘yinlari 19-fevral, yakshanba“Torino” — “Yuventus” 0:1
Gol: Aleks Sandro, 33 (0:1).“Napoli” — “Spal” 1:0
Gol: Allan, 6 (1:0).“Atalanta” — “Fiorentina” 1:1
Gollar: Milan Badel, 16 (0:1). Andrea Petanya, 46+ (1:1).Chetlatish: Nikola Milenkovich, 85 (F).“Milan” — “Sampdoriya” 1:0
Gol: Jakomo Bonaventura, 13 (1:0).Noaniq penalti: Rikardo Rodriges, (M).19-fevral, dushanba“Latsio” — “Verona” 00:45
Izoh (0)