Meksikaning janubiy Oaxaka shtati hududida 5,9 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Bu haqda 19-fevral, dushanba kuni AQSh Geologiya xizmati xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Zilzila epimarkazi Puerto-Eskondido shahridan 88 kilometr shimoli-g‘arbda, uning o‘chog‘i esa 40 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, yer silkinishi haqida Mexiko aholisi xabar bergan. Ulardan ko‘pchiligi o‘z uylarini tark etgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.
Izoh (0)