AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Amerika hukumati hozirda sanksiyalar ro‘yxatiga rossiyalik fuqarolarning yangi ismlarini kiritish ehtimolini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda CBS telekanaliga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz allaqachon qonunga muvofiq Rossiyaning bir qator jo‘natmalari oldini olgan choralarni qabul qildik. Rossiya vakillaridan qo‘shimcha ravishda kimlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi Tillerson.
Avvalroq Chexiya TIV rahbari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolishni qo‘llab-quvvatlaganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)