Nukus shahrida “Yoshlar — kelajak bunyodkori” loyihasi doirasida yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Ushbu tadbir davomida Yoshlar ittifoqi shahar va tuman kengashlari raislariga 11 ta Damas va 4 ta Spark avtomobili topshirildi.
Mashinalar 10 yil muddatga imtiyozli kredit asosida berildi. Ular yetakchilar chekka hududlarda bo‘lib, yoshlar muammosini o‘rganishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)