Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida davom etayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarida muxlislar eng ko‘p xokkey bellashuvlariga tashrif buyurmoqda.
Kecha — 17-fevral kuni xokkeyda prinsipial o‘yin bo‘lib o‘tdi va unda rossiyalik xokkeychilar AQSh termasiga qarshi shayba surdi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, rossiyalik sportchilar Olimpiadada neytral mamlakat a’zolari sifatida, aniqrog‘i, olimpiya bayrog‘i ostida ishtirok etib kelmoqda. Xuddi o‘sha bayroq bilan muzga chiqqan rossiyalik xokkeychilar amerikaliklar darvozasiga 4 ta shayba urishga muvaffaq bo‘ldi — 4:0.
Shu tariqa ular guruhni 6 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi. Sloveniya, AQSh va Slovakiya bir xilda — 4 tadan ochko jamg‘ardi. O‘zaro o‘yinlarda Sloveniya amerikalik xokkeychilarni 3:2 hisobida taslim qilgani uchun, ularga 2-o‘rin nasib etgan.
Hozircha Rossiya terma jamoasi chorak finalga yo‘llanma olgan.
Izoh (0)