Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismida to‘y chog‘ida gaz ballonining portlashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Voqea 16-fevral kuni Rajastxan shtatining Beavar shahrida ro‘y berdi.
Gaz ballonining portlashi oqibatida to‘y marosimi o‘tayotgan bino quladi.
Qutqaruvchilar o‘sha paytning o‘zida to‘qqiz kishining tanasini vayronalar ostidan chiqarib oldi. 18-fevral kuni yana to‘qqiz jasad topildi.
Shuningdek, voqea natijasida 18 kishi jarohat oldi. Shulardan olti nafari hozirgacha shifoxonadan chiqdi, besh nafarining ahvoli juda og‘ir deb baholanmoqda.
Izoh (0)