Oldinroq bortida 66 kishi bo‘lgan ATR 72-500 samolyoti Eronning Isfahon viloyatida halokatga uchragani xabar qilingan edi. Samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Eronning Aseman Airlines aviakompaniyasiga qarashli layner Tehrondan 18-fevral kuni ertalab uchib chiqqan va 50 daqiqadan so‘ng radarlardan g‘oyib bo‘lgandi. Oradan bir muddat o‘tib, aviakompaniya samolyot halokatga uchraganini tasdiqladi.
Tasnim agentligiga ko‘ra, bortda 60 yo‘lovchi, to‘rt bort kuzatuvchisi va ikki uchuvchi bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida yosh bola ham bor edi.
Izoh (0)