Namangan viloyatining Pop tumani, “Birlashgan” mahallasida yashovchi Martavali To‘ychiyev ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Arizachiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani, “Buvayda” mahallasida yashovchi Xolmatjon Obidov uni aldab, ishonchiga kirgan. Damas rusumli mashina olib chiqaman deb 39 million 975 ming, fermer xo‘jaligi uchun yer olib beraman deb 41 million so‘m pulini olib ketgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)