Yevropa Ligasi g‘olibligi uchun kurash olib borishi kutilgan jamoalardan “Napoli” o‘z maydonida mag‘lubiyat qabul qilib oldi.
A seriyada peshqadam bo‘lib turgan neapolliklar ko‘rinishidan bor e’tiborini ichki chempionatga qaratishni niyat qilgan. Ular avvalroq Chempionlar Ligasi guruh bosqichida “Siti” va “Shaxtyor” bilan raqobatlasha olmagandi. Endi esa Yevropa Ligasida nemis klubidan mag‘lubiyat qabul qilib oldi. Shu kuni “Napoli”ning bir qator asosiy figuralari maydonga chiqarilmadi.
Dortmundning “Borussiya” klubi esa irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Chelsi”dan ijara asosida olib kelingan Mishi Bachuayi debyut o‘yinidayoq dortmundliklar uchun 2 ta gol urib bergandi. Belgiyalik futbolchi bu safar ham dublga erishib, jamoasiga muhim g‘alaba tortiq qildi.
Madridning “Atletiko” klubi Daniyadan yirik g‘alabaga bilan qaytishga erishdi. La Ligada mavsumni yomon o‘tkazmayotgan Diyego Simeone jamoasi “Kopengagen”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Titanlar orasida eng oson raqib “Arsenal”ga duch kelgandi. APLda kuchli to‘rtlik u yoqda tursin, 5-o‘ringa ilinishi ham dargumon bo‘lib turgan “to‘pchilar” Yevropa Ligasi g‘olibligidan umidvor. Shu bois “Arsenal” raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Gattuzo boshqaruvida sekin-asta o‘ziga kelayotgan milanlik futbolchilar ham o‘z muxlislarini xursand qilib, yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. “Napoli” va “Atalanta” qatorida esa Rimning “Latsio” klubi ham mag‘lub bo‘ldi.
Yevropa Ligasi 1/16 final 15-fevral, payshanba
Izoh (0)