Marg‘ilonda yashovchi fuqaro 1,6 million so‘mga aviachipta olib, Turkiyaga jo‘nab ketgandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Biroq, aviakassa xodimining kompyuter bazasida yo‘l qo‘ygan xatosi sababli chipta bekor qilinadi. Shu tufayli u Turkiyaga yetib borgach, aeroportning o‘zidan O‘zbekistonga qaytarib yuboriladi.
Fuqaro Bosh prokuraturaning ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, huquqlari buzilganini xabar qildi. Shundan so‘ng, Bosh prokuratura va Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorligida bu holat o‘rganildi.
O‘rganish natijasida aviakassa va uning xodimi iste’molchiga zarar keltirgani aniqlanadi. Yetkazilgan zarar aviakassa xodimidan undirib berildi.
Izoh (0)