Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda, jumladan, Buxoro viloyatida muqaddas qadamjolar ko‘pligi, ularni ziyorat qilish fuqarolar uchun ham qarz, ham ulkan saodat ekanini ta’kidladi. Yosh avlodni ajdodlarning ma’naviy merosi asosida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi. Qur’on tilovat qilindi.
Shu yerda Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavallud sanalarini nishonlash, “Yetti pir” nomi bilan mashhur qadamjolarni obodonlashtirish loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Shavkat Mirziyoyev rejalashtirilgan qurilish ishlari mazmunan chuqur o‘ylanmaganini tanqid qildi. Allomalarning yubiley sanalarini ularga munosib tarzda, dunyo olimlarini jalb qilgan holda yuksak saviyada nishonlash zarurligini ta’kidladi. “Yetti pir” maqbaralarini obod qilish, ularni bir yo‘l bilan bog‘lash loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Izoh (0)