AQSh Moliya vazirligi 2017-yil dekabr oyi yakunida Rossiya 102,2 milliard dollar summasidagi Amerika davlat obligatsiyalari egasi bo‘lganligini ma’lum qildi. Rossiya kiritgan mablag‘lar bir yil davomida 18,7 foizga oshgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Dekabrda qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan mablag‘lar hajmi 3,5 milliard dollarga qisqarganligi ta’kidlanmoqda.2017-yil yakunlariga ko‘ra, Rossiya AQSh davlat obligatsiyalarining yirik egalari ro‘yxatida 15-o‘rinni egallagan. G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlariga 1,1849 trillion dollar kiritgan Xitoy ro‘yxatdagi birinchi o‘rnini saqlab qolgan.
Izoh (0)