Toshkent shahrida metroning “Minor” bekati chorrahasida inkassator mashinasi va 72-yo‘lovchi avtobusi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasida avtobus haydovchisi halok bo‘ldi, 7 nafar yo‘lovchi jarohatlandi, deb voqea tafsilotlariga oydinlik kiritadi “Gazeta.uz”.
Jabrlangan yo‘lovchilar shahardagi 17-shifoxonaga yetkazilgan. Ularning ayrimlarida miya chayqalishi qayd etilgan, ba’zilarining peshonasi shikastlangan.
“Toshshahartransxizmat” AJ haydovchi halok bo‘lganini tasdiqladi va hodisa yuzasidan tekshiruv boshlanganini bildirdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB avariya sabablarini aniqlashga kirishdi.
Izoh (0)