Tojikiston joriy yil mart oyidan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlashi mumkin. Bu haqda mamlakat hukumatidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi Asia-Plus.
Manbaga ko‘ra, elektr energiyasi eksportining umumiy hajmi yiliga 1,5 milliard kilovatt-soatni tashkil etishi mumkin. Hozirda Dushanbe va Toshkent elektr energiyasini yetkazib berish shartlari, jumladan, narx masalasini muhokama qilmoqda.
Mazkur masaladagi yakuniy qaror O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyi boshlariga mo‘ljallangan Tojikistonga davlat tashrifi davomida qabul qilinishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2017-yili Tojikistonda 18 milliard kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqildi.
Izoh (0)