Samarqand viloyati Tayloq tumani IIB xodimlari 12-fevral kuni Gulobod mahallasida yashovchi Naim Rahimov o‘z turmush o‘rtog‘ining o‘limini yashirganligini aniqlab, uni qo‘lga oldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yilning 25-avgustida Naim Rahimov o‘zning turmush o‘rtog‘i, 1973-yilda tug‘ilgan M.Rahimova bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Natijada ayol yiqilib tushib, jarohat olgan va ertasi kuni uyida vafot etgan.
Shundan so‘ng Naim Rahimov jinoyatini yashirish maqsadida jasadni yashash uyidagi ta’mirlanayotgan xonaga ko‘mib yuborgan va ayolini Rossiyaga ishlash maqsadida chiqib ketganligi borasida gap-so‘z tarqatgan.
Izoh (0)