“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati Toshkent — Sariosiyo — Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 680/679-sonli yo‘lovchi poyezdi joriy yilning 27-fevral sanasiga qadar faqat Qumqo‘rg‘on bekatigacha qatnovni amalga oshirishi yuzasidan axborot berdi, deb xabar beradi O‘zA.
Qumqo‘rg‘ondan Toshkentgacha bo‘lgan qatnov esa 28-fevralgacha davom etadi.
“Toshkent — Sariosiyo — Toshkent yo‘nalishidagi qatnovning 27-fevral sanasiga qadar faqat Qumqo‘rg‘on bekatigacha amalga oshirilishiga sabab, mazkur yo‘nalishdagi temir yo‘lning Qumqo‘rg‘on bekatidan Sariosiyo bekatigacha bo‘lgan qismida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Toshkent — Sariosiyo — Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 680/679-sonli poyezdiga Qumqo‘rg‘on bekatidan keyingi bekatlargacha oldindan xarid qilingan chiptalar vokzal kassalarida qaytarib olinadi.
Izoh (0)