Syrian Observatory for Human Rights huquqni himoya qilish tashkiloti Suriyaning Dayr az-Zavr viloyatidagi harbiy omborda yuz bergan portlash oqibatida Rossiya xususiy qo‘riqlash kompaniyasining 15 nafar xodimi halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Portlash yuz bergan qurol ombori Tabiya Jazira aholi punktida joylashganligi ma’lum qilindi.
Tashkilot versiyasi bo‘yicha, rossiyaliklar hukumat tarafdori kuchlari jangchilari bilan birga omborga kirishga uringan, biroq mina ishga tushishi oqibatida portlab ketgan. Huquq himoyachilari ma’lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida jami 23 kishi halok bo‘lgan.
Rossiyalik xodimlari halok bo‘lgan xususiy kompaniya Suriya hukumati nazorat qiluvchi neft va gaz konlarini qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)