Zimbabve “Demokratik o‘zgarishlar harakati” muxolifatchi partiyasi yetakchisi Morgan Tsvangirai saratonga qarshi uzoq kurashdan so‘ng 65 yoshda JARda vafot etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Uning vafot etganligini tasdiqlay olaman, — deydi mazkur partiya raisi o‘rinbosari Elias Mudzuri. — Bu haqda menga uning oilasi xabar berdi”.
Morgan Tsvangirai Zimbabve prezidenti Robert Mugabening asosiy muxolifatchisi edi. U 2002-yilda prezidentlik saylovlarida qatnashgan, biroq ularda Mugabega yutqizgan. 2008-yilda muxolifat yetakchisi yana davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ygan. Ularning birinchi turida g‘alaba qozongan Morgan, ikkinchi turida ishtirok etishdan bosh tortgan va rasmiylarni saylovchilarni qo‘rqitish va muxolifat tarafdorlariga nisbatan zo‘ravonlik kompaniyalarida ayblagan.
Izoh (0)