O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi e’lon qilindi, deb yozadi Norma.
Sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun Ishchi komissiya tuzildi.
Ishchi komissisiya innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha soha iqtisodiy o‘sishining lokomotivi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning qo‘shimcha omiliga aylangan ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish, kosmik va yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosatini o‘rnatish orqali kosmik sohani boshqarish ustidan butun bir tizimni yaratadi.
Komissiya sun’iy yo‘ldoshli aloqa milliy tarmog‘ini yaratish, kosmonavtika yutuqlarini joriy etish, kosmik va sun’iy yo‘ldoshli texnologiyalar sohasida kadrlarni davlat-xususiy sheriklik asosida potensial xorijiy hamkor yordamida tayyorlash bo‘yicha ham takliflar yig‘adi.
Ikki oy muddatda Prezident devoniga aniq takliflar aks etgan tahliliy ma’lumotlar, shuningdek, qo‘yilgan vazifalarni amalga joriy etishga qaratilgan normativ huquqiy hujjatlar loyihalari kiritiladi.
Izoh (0)