13—15-fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Eron va Turkmanistondan nam havo massasi va Povoljye hududida hosil bo‘lgan sovuq havo massasi kirib keladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
13—15-fevral kunlari respublika hududida yog‘ingarchilik kuzatiladi, 14—15-fevral kunlari ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchayishi mumkin.
O‘zbekistonda 13—14-fevral kunlari yomg‘ir yog‘adi, 15-fevral kuni qorga aylanadi.
Shamol tezligi 17—22 metr/sekundga, ayrim joylarda 23—28 metr/sekundga yetishi mumkin.
15-fevral kuni kunduzi havo harorati 0…+5 darajaga, ayrim joylarda esa -3 darajagacha pasayadi.
Izoh (0)