Bir necha haftadan so‘ng MWC 2018 ning taqdimotida Samsung Galaxy S9 smartfonini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishimiz mumkin. Undan keyin yana nimani kutishimiz mumkin? Samsung kelajak uchun allaqachon juda qiziqarli ishlanmalarga ega ekanligi uning yangi patentida aks etadi, deb yozadi “Hi-Tech.mail.ru”.
Patent butunlay romsiz smartfonni tasvirlaydi. Unda barmoq izi skaneri ekran ichiga o‘rnatilgan. Shuningdek, arizada qurilma ekraniga turli darajada bosishdan foydalanuvchi (Apple 3D Touch muqobili) navigatsiyaning novatorlik usuli tasvirlab beriladi.
Smartfon bloklangan paytda ekranning markaziy quyi qismi barmoq izi skaneriga aylanadi. Uni qattiqroq bosganingizda esa ovozli yordamchi uchun mikrofonni faollashtirasiz. Yanada qattiqroq bosganingizda esa dasturlaringiz ro‘yxati paydo bo‘ladi.
Smartfon interfeysi bilan boshqa amallarda ham xuddi shu tamoyil qo‘llanadi.
Qiziq, kompaniya frontal kamerani qayerga joylashtirish masalasini qanday hal etar ekan?