AQSh Suriya chegarasida ro‘y bergan ixtilofda Isroilni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Oq Uyning rasmiy bayonoti e’lon qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Isroil Qo‘shma Shtatlarning ishonchli ittifoqchisi hisoblanadi, va biz uning Erondan ko‘mak olayotgan Suriya kuchlaridan o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deyiladi bayonotda.
Oy Uy, shuningdek, Eron va uning ittifoqchilarini provokatsion xatti-harakatlardan tiyilib, mintaqada tinchlik o‘rnatishda ko‘maklashishga chaqirdi.
Izoh (0)