• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: “Qor odam”ning shikoyati

    “Daryo” tahririyatiga Farg‘onadan, Hojiakbar Jabborov nomidan shikoyat arizasi kelib tushdi. Unda shunday deyiladi:

    Farg‘ona shahar, Alisher Navoiy nomli ko‘chada 2015-yili ko‘p qavatli namunali uylar bunyod etilib, foydalanishga topshirilgan. Biroq aholi yaxshi niyatlar bilan xarid qilgan uylarida bugungi kunda ko‘ngildagidek yashay olmayapti. Mazkur ko‘p qavatli uylar “namunali uylar” deb atalishiga qaramay, o‘z nomiga mos emas deb fikr bildirish mumkin.

    Birinchi muammo: Ko‘p qavatli uylar bitkazilib foydalanishga topshirilgan kezlari binoning tashqari qurilish ishlari to‘liq bitkazilmagan edi. Faqatgina xonadonlarning ichki qismi to‘liq bitgan xolos. Tashkilotchilar keyinroq qurilishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga va’da berishgan. Biroq mana 3 yildirki, qurilishi bitmagan bino qismlari hali ham mavjud.

    Ikkinchi muammo: Viloyatda markazida bunyod etilgan zamonaviy ko‘p qavatli uylarning hovlisini ulkan axlatxonaga aylantirib olishgan. Aholi “dom”larning markazidan axlatxona sifatida ham foydalanadi. Ko‘p emas, biroz muddat avval bu yerdan hatto odam o‘ligi ham topib olingan. IIBning 10 kunlik taftish ishlari bo‘lgandek ko‘rindi. Biroq yakunda bu axlatxonalar o‘z holicha qoldi.

    Uchinchi muammo: Ko‘p qavatli uylarning pastida shashlikxona ham tashkillangan. Ko‘mir hididan aziyat chekayotgan aholining e’tirozlariga qaramay, kabobxona bugungi kunda ham faoliyatini davom ettirmoqda.

    Shu kabi muammolardan aziyat chekkan aholi tegishli idoralarga ko‘p bora e’tiroz arizalarini yozgan. Prokurordan tortib portalgacha yozilgan. Biroq muammo hali ham o‘z yechimini topmagan.

    Farg‘ona shahri markazidagi bunday holat achinarlidir albatta.

    Hojiakbar Jabborov

    Tahririyat darhol bu yerga o‘z muxbirini yubordi. Jurnalistika tamoyiliga ko‘ra dastlab muallif bilan uchrashish, so‘ng shikoyatda keltirilgan dalillar, uning sabablarini aniqlash zarur edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Bu uyda Hojiakbar Jabborov ismli odam yashamaydi, — dedi uyboshisi Lolaxon Maychiyeva. — Shikoyatni biz yozmaganmiz. Unda uyda yashaydiganlarning birontasi ismi ham, imzosi ham yo‘q-ku”.

    Amaldagi qonunchilikda anonim shikoyat o‘rganilmasligi mumkin edi. Ammo uyboshi:

    “Muxbir uka, shikoyat anonim bo‘lsa-da, undagi ba’zi gaplar to‘g‘ri”, — deb qoldi.

    Bir zumda hovliga 10–15 chog‘li xonadon egalari yig‘ildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Men 29-kvartirada 5-qavatda yashayman. Yomg‘ir yog‘di deguncha uyimizdan chakka o‘tadi”, — dedi Ma’mura O‘rmonova.

    “Suv, kanalizatsiya o‘tgan joylar va yo‘laklarda teshiklar qolib ketgan. Temir panjaralar haligacha qo‘yilmagan, bolalarimiz uchun yuqori qavat yo‘laklari xavfli”, — gapga qo‘shildi 31-xonadonda yashovchi Nozima Alimova.

    “Hududimiz toza, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketishadi. Shikoyatda yozilgani esa qurilish chiqindisi edi. Uni quruvchi o‘zi tozalab ketganiga ancha bo‘ldi”, — dedi 20-xonadon egasi Maksim Kazemirov.

    “Biz shahar hokimiyatiga bu kamchiliklar haqida murojaat qilganmiz. Ular muammolarimizni hal qilib berishi kerak-da”, — ta’kidladi o‘zini Navbahor deb tanishtirgan ayol. Qolganlar ham uyning chala kamchiliklaridan shikoyat qildi.

    Darhaqiqat, talablar haqli edi. “Daryo” muxbiri taklifiga ko‘ra xonadon egalari bilan yuzma-yuz muloqotga shahar xokimining o‘rinbosari Dilshod Omonov, uy qurgan tashkilot rahbari Shuhrat Mahmudov, “Sanitar servis ” MChJ rahbari G‘ulomjon Xolmatov, IIB hudud katta inspektori Murodil Qozoqovlar taklif etildi. Anonim shikoyat bandlari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p qavatl uy shikoyatda yozilganidek, hukumat qarori bilan qurilgan “namunali uy”lardan emas. Uni Shuhrat Mahmudov boshchiligidagi xususiy qurilish tashkiloti shahar hokimi qaroriga asosan ajratilgan yer maydoniga o‘z mablag‘i hisobidan qurgan. Xaridor — hozirgi xonadon egalari uylarni “korobka”, ya’ni ichki ta’mirsiz sotib olgan. Yo‘lak, tom, tashqi ko‘rinishni sotuvchi — xususiy qurilish tashkiloti bitkazib berishi haqida og‘zaki kelishilgan. Aholi quruvchi va’dasida turmaganidan, haligacha uy tomi, yo‘lagidagi kamchiliklardan norozi. Bor gap shu edi. “Daryo” muxbiri ishtirok etgan muhokama chog‘ida xususiy qurilish tashkiloti rahbari Shuhratjon Mahmudov xonadon egalariga shu yil 20-mart kunigacha loyihadagi barcha vazifalarni ado etish, uyni foydalanishga topshirishga so‘z berdi va rasman ular bilan bu haqda bitim tuzdi. Qor odam shikoyatiga shu yerda nuqta qo‘yish mumkin edi, ammo...

    “Daryo” saytiga anonim bo‘lsa-da, shikoyat yo‘llagan boshqa shaharda emas, shu uyda yashasa kerak. Gap egasini topar deb o‘ylaymiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Birodar, har narsani o‘z nomi bilan atash lozim. Siz “mazkur ko‘p qavatli uylar ‘namunali uylar’ deb atalishiga qaramay, o‘z nomiga mos emas” debsiz. U qabul qilingan dastur asosida emas, xususiy tartibda qurilgan uy bo‘lib, binodagi kamchiliklarni bartaraf etishni avvalo xususiy qurilish tashkilotidan talab qilishinigiz, yana ham ochiqroq aytsak, oldi-sotdi shartnomasida tomonlarning majburiyatlari qayd etilishi lozim edi. Buni o‘zingiz qilmagansiz. Shuning uchun ham bugun aybdor — quruvchi qolib “aziyat chekkan aholi” nomidan “prokuraturadan tortib portalgacha” yozib yotibsiz. Mana, yuzma-yuz muloqotda quruvchi aybini tan oldi va bir oylik muddatda uni bartaraf etish haqida aholi bilan kelishib shu zahotiyoq ish boshladi-ku.

    Siz “Viloyat markazida bunyod etilgan zamonaviy ko‘p qavatli uylarning hovlisini ulkan axlatxonaga aylantirib olishgan. Aholi ‘dom’larning markazidan axlatxona sifatida ham foydalanadi. Ko‘p emas, biroz muddat avval bu yerdan hatto odam o‘ligi ham topib olingan. IIBning 10 kunlik taftish ishlari bo‘lgandek ko‘rindi. Biroq yakunda bu axlatxonalar o‘z holicha qoldi” debsiz.

    “Bu noto‘g‘ri gap, — deydi 31-xonadonda yashovchi Nozima Alimova. — Hovlida quruvchilardan qolgan chiqindi bor edi, uni Shuhratjon oldirib tashlagan. Uylardan chiqadiganini ajratilgan joydagi konteynerga tashlaymiz. Baraka topsin, kuniga ikki marta olib ketishadi”.

    “Bu xizmat uchun shartnoma tuzib haqini to‘laysizlarmi?”, — so‘radik biz.

    Nozima opa uyalgandek ko‘zlarini yashirdi:

    “Yo‘q, hech kim bilan shartnoma xam tuzmaganmiz,chiqindini olib ketayotgani uchun haq ham to‘lamaymiz”.

    “Uy hali loyiha talablari bajarilib foydalanishga topshirilmagan. Uydan foydalanish shirkati hali tuzilmagan, — dedi hokim o‘rinbosari Dilshod Omonov. — Hokimiyat o‘z tashabbusi bilan ‘Sanitar servis’ MChJ bu yerdagi chiqindini olib ketib turishini tashkilladi”.

    “Bu yerda odam o‘ligi topilgani xaqidagi gaplar afsona, — deydi hudud katta noziri Murodil Qozoqov. — Bir odam qattiq mast bo‘lib uy hovlisida ‘o‘chib’ qolgan. Biz uni xushyorxonaga olib borgan edik”.

    Uyning birinchi qavatiga tutash kichik xonada shashlik pishirib sotilar ekan. Hokimiyat talabi bilan noqonuniy qurilgan xona buzib tashlandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xalq qabulxonalari” orqali ham murojaatlar hal etilyapti. Buning uchun hech kim arizachini ta’qib etayotgani yo‘q. Tilagimiz, shikoyatlar aniq muallifdan har narsani o‘z nomi bilan atab yozilsa.

    “Daryo”, kichkina bo‘lsa-da, odamlarni tashvishga solayotgan muammolar yechimiga yordami tegishini burchi va vazifasi deb biladi.

    Muhammadjon Obidov

    11.02.2018, 14:04   Izoh (0)   77981
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eron prezidenti Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

    11.02.2018, 11:55

    O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosida shattl-servis tashkil etiladi

    11.02.2018, 10:40

    O‘zbekistonda xalqaro avtobuslarning tungi vaqtda qatnashiga yana ruxsat beriladi

    11.02.2018, 10:32

    O‘zbekistonda avtomobilni notarial rasmiylashtiruvisiz ijaraga olishi mumkin

    11.02.2018, 09:58

    O‘zbekistonning o‘z geoinformatsion tizimlari yaratiladi

    11.02.2018, 09:42

    Farg‘onalik ayol hojatxonada dunyoga keltirgan farzandini sovuqda qoldirib o‘ldirdi

    11.02.2018, 09:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.