Suriyada 2–9-fevral orasida amalga oshirilgan aviazarbalar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.
BMT saytida keltirilgan hisobotda aniqlik kiritilishicha, shu davrda 277 tinch fuqaro aviazarbalar qurboni bo‘lgan, shularning 230 nafari mamlakat prezidenti Bashar Asad va uning ittifoqchilari tomonidan amalga oshirilgan aviahujumlar oqibatida halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, 812 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)