AQShdagi Nyu-Gempshir universiteti professori Avstraliyaning davlat ekanini tan olmagani uchun ishdan chetlatildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ismi keltirilmagan falsafa doktori 27 yoshli talaba qiz Eshli Arnoldning AQSh va Avstraliyadagi jamoat tartibi me’yorlariga bag‘ishlangan tadqiqotini tekshirayotgan edi. U qizga qoniqarsiz baho qo‘ydi, bunga asos sifatida qiyos “davlat va qit’a” o‘rtasida o‘tkazilgani noto‘g‘riligini ko‘rsatdi.
“Avstraliya — davlat emas, qit’a. Tadqiqotning avvalida yo‘l qo‘yilgan xato uning bekor qilinishiga olib keldi”, — deb tushuntirdi o‘z qarorini professor.
“Uning ma’lumoti bilan Avstraliya davlat ekanligini bilmaslik mumkinmi? Agar bunga shubhasi bo‘lsa, nega internetda qidirib ko‘rmadi?”, — deydi Eshli Arnold bu borada bergan tushuntirishida.
Talaba va professor o‘zaro bir necha marotaba maktub almashdi. Nihoyat, universitetda o‘tkazilgan muhokamadan so‘ng professor ishdan bo‘shatildi. Universitet ma’muriyati o‘z bayonotida bo‘lib o‘tgan voqeadan afsusdaligini bildirib, buning badali sifatida talaba ta’lim xarajatlarining bir qismini qoplab berdi.
Izoh (0)