Amerikalik juftlik sayohatga mo‘ljallangan kichikroq kema sotib olish uchun hamma narsasini, jumladan, mashinasini sotib yuborgan edi, ammo oradan ikki kun o‘tib kema cho‘kib ketdi. Bu haqda “Gazeta.ru” yozmoqda.
Tanner Brodvell va Nikki Uolsh Meksika ko‘rfazini aylanish uchun kema sotib olgan edi.
Sayohatning ikkinchi kuni kema suv ostidagi noma’lum obyektga urilib, cho‘kib ketdi. Juftlik sug‘urta kartasi, naqd pul va bir qism kiyim-kechaklarini saqlab qola oldi.
Kemani suv ostidan chiqarib olishga 6800 dollar ketadi. Shunga qaramay, Brodvell va Uolsh sayohatlarini davom ettirmoqchi.
Izoh (0)