Turkiya harbiy-havo kuchlari vertolyoti Suriya chegarasi yaqinida quladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Prezidentning ma’lum qilishicha, bu vertolyot Suriyaning Afrin mintaqasida o‘tkazilayotgan “Zaytun novdasi” operatsiyasida qatnashayotgan edi va kurdlar tomonidan urib tushirilgan.
“Ular bu qilmishlari uchun hali yaxshigina haq to‘lashadi”, — deya Erdo‘g‘onning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Hurriyet nashri.
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning ma’lum qilishicha, aviahalokat oqibatida ikki turkiyalik ikki harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Izoh (0)