Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 8-fevral kuni yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 3011 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, 26 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 14 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 50 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 57 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 413 ta odam tashish qoidalarini buzish, 214 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 9 ta bo‘ysunmaslik, 1383 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.
Jami 72 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Izoh (0)