Dunyodagi eng yirik birjalaridan biri hisoblanuvchi Isroil olmos birjasi brilliantlar bilan kafolatlangan shaxsiy kriptovalyutasini chiqarishini e’lon qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
U ikki shaklga ega bo‘ladi: investorlarning keng doirasi uchun mo‘ljallangan Carat va olmos bozorining professional ishtirokchilari o‘rtasidagi hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan Cut.
Carat qiymati savdo maydonchasi ixtiyoridagi brilliantlar bilan 25 foizga ta’minlanadi.
“Bu uni dunyo bo‘yicha muomalada bo‘lgan 1,4 ming kriptovalyutaga qaraganda jozibadorroq qilishi lozim”, — deydi birja vakili.
Izoh (0)