Hindistonlik jurnalist Obid Ali besh bosqinchi bilan tengsiz jangdan omon chiqishga muvaffaq bo‘ldi, bunda unga rafiqasi yordam berdi, deb yozadi “Vesti.ru”.

Foto: “Vesti.ru”

4-fevral, yakshanba kuni Uttar-Pradesh shtati poytaxti — Lakxnau shahrida jurnalistni bir erkak ko‘chaga chaqirib, bir qator hujjatlarni muhokama qilishni taklif etgan. Ali darvozani ochib, ko‘chaga chiqqan, shu paytda ostonada besh yigit paydo bo‘lib, muxbirni qo‘llari, to‘qmoq va bolta bilan do‘pposlashni boshlagan.

Erining baqir-chaqirlarini eshitib yugurib chiqqan ayol biroz dovdirab qolgan, ammo tezda to‘pponchani olib, yovuz niyatlilardan daf bo‘lishni so‘ragan. O‘z niyatining jiddiyligini isbotlash uchun u ikki marta o‘q uzgan. Bosqinchilar tum-taraqay qochishgan. Shundan keyin er-xotin politsiya chaqirgan.

Jinoyat maqsadi aniqlanmadi. Ali bo‘yni, beli, qo‘llari va boshidan jarohat oldi.