O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev WBA reytingida 15-o‘ringacha ko‘tarildi, deb yozdi “Olamsport”.
Yanvar oyida reytingda kuchli 10 talikda borayotgan Soni Fredriksonga qarshi jang o‘tkazib, raqibini 3-raunddayoq taslim qilgan Ergashev yaxshigina o‘sishga erishdi. Endilikda u chempionlik kamari beriladigan jangga yanada yaqinlashdi.
-63,5 kilogramm vazn toifasidagi bokschilar reytingini kubalik Ranses Bartelemi boshqarib turibdi.
Izoh (0)