Rossiyaning Leningrad viloyatida 6-fevral kuni Tixvin—Novaya Ladoga avtoyo‘li 423-kilometrida mikroavtobus va yuk avtomobilining to‘qnashuvi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”.
Mahalliy vaqt bo‘yicha 06:20 da mikroavtobus haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish qismiga chiqib, “Iveko” yuk avtomobili bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida haydovchi va mikroavtobusning besh nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
Avariya vaziyatlari aniqlashtirilmoqda.
Avvalroq Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatlarida kuchli qor yog‘ishi kuzatilganligi haqida ma’lum qilingan edi. Ular mintaqada YTH soni oshishiga olib keldi.
Izoh (0)