Ostonada Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro uchrashuvni o‘tkazish fevralning 20-sanalariga rejalashtirilgan. Bu haqda 6-fevral, seshanba kuni Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdurahmonov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ostona jarayonining kafil mamlakatlari — Rossiya, Turkiya va Eron vakillaridan olgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, tomonlar, avvalroq erishilgan kelishuvga muvofiq, Ostonada muzokaralarning navbatdagi raundiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Gap fevralning 20-sanalari haqida bormoqda, biroq ma’lumot kafil mamlakatlar tomonidan yakuniy tasdiqlanishini talab etadi”, — deydi Abdurahmonov.
2017-yilning dekabrida Qozog‘iston poytaxtida Suriya bo‘yicha sakkizinchi xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)