Xitoyning eng birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchisi — China FAW Group 2017-yilda bozorga 3,4 milliondan ortiq avtomobil chiqardi. Bu haqda 5-fevral, dushanba kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
China FAW Group kompaniyasi 2017-yil yakunlariga ko‘ra, bozorga 3,408 million transport vositasi chiqargan. Bu 2016-yilgi ko‘rsatkichdan 7,2 foizga ortiq.
Avtokonsern xorijiy bozorlarni ham faol o‘zlashtirmoqda. Axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya ishlab chiqargan 40 mingdan ortiq avtomobil eksport qilingan. Shu tariqa, yillik eksport o‘sishi 2016-yil bilan taqqoslanganda 92,7 foizni tashkil etdi.
Xitoydagi ilk avtozavod — China FAW Group’ga 1953-yilda Chanchun shahrida asos solingan.
Izoh (0)