Xitoy Taypeyi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo Chempionatining “B” guruhini O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan keyin 2-o‘rinda yakunladi.
Hal qiluvchi o‘yinda Osiyoning uch karra chempioni hisoblanadigan Yaponiyaga qarshi saf tortgan o‘zbekistonlik futzalchilar 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bungacha to‘plar nisbatidagi ustunlik Bahodir Ahmedov shogirdlariga ehtimoliy durang natijadan so‘ng ham guruh peshqadamligini taqdim etishi kerak edi. Ammo kunchiqar yurt termasi zonadagi barcha o‘yinda zafar quchishni uddalay oldi.
Osiyo Chempionati “B” guruhi. 3-tur 5-fevral, dushanba
O‘zbekiston — Yaponiya 2:4
Gollar: Farhod Abdumavlonov, 3 (1:0). Kaoru Morioka, 21 (1:1). Shota Hoshi, 24 (1:2). Artur Yunusov, 26 (2:2). Shota Hoshi, 35 (2:3). Riosuke Nishitani, 38 (2:4).8-fevral kuni O‘zbekiston termasi chorak finalda zalga chiqadi. Bunda raqib “A” guruhini 1-o‘rinda yakunlagan terma bo‘ladi. Ayni vaqtda mazkur guruhda Xitoy Taypeyi, Malayziya va Vyetnam chorak final uchun da’vogarlik qilmoqda. Katta ehtimol bilan bu yo‘l O‘zbekiston termasini chempionlik uchun asosiy da’vogar bo‘lgan Eron bilan yarim finaldayoq to‘qnashtiradi.
Izoh (0)