Turkiya hukumati rahbarining o‘rinbosari Bakir Bo‘zdog‘ 4-fevral kungi chiqishida suriyalik kurdlarning YPG otryadlari formasini kiyib olgan AQSh harbiylari Afrinda zarba ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
“Agar terrorchilar Suriyaning Manbijini tark etmasa, biz Suriyaning bu hududida harbiy operatsiya boshlaymiz, — dedi hukumat vakili. — YPG formasini kiyib olgan amerikalik harbiylar ham Qurolli kuchlarimiz nishoniga aylanadi ».Bo‘zdog‘ “Zaytun butog‘i” operatsiyasi davom etgan 16 kun ichida Afrinda 932 kurd jangarisi yo‘q qilinganini qo‘shimcha tarzda aytib o‘tdi.
Izoh (0)