Stalingrad jangi 75 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya Rossotrudnichestvo agentligining Toshkent shahridagi vakolatxonasida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Stalingrad jangi xotirasi” deb nomlangan tadbirda urush faxriylari, Rossiya va O‘zbekiston tarixchilari jamoat forumi a’zolari, “Nuroniy” keksalarni qo‘llab-quvvatlash respublika fondi vakillari, o‘quvchilar, talabalar, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.
“Stalingrad jangi haqidagi xotira, u haqdagi haqiqat hech qachon o‘chmasligi uchun hamma ishni qilishimiz kerak. Ikkinchi jahon urushi voqealarini buzib talqin qilishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz, sovet askarlarining fashizm ustidan g‘alabasi ahamiyatini pasaytirib ko‘rsatishga urinayotganlarga qarshi chiqishimiz lozim”, — dedi Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Viktor Shulik.
Tadbir ishtirokchilariga Stalingrad jangiga bag‘ishlangan hujjatli filmlardan lavhalar namoyish etildi.
Izoh (0)