Italiyaning Macherata shahrida radikal o‘ng qarashlar tarafdori chet elliklarni o‘qqa tutdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Voqea 3-fevral kuni ro‘y berdi. Otishmada afrikalik olti nafar muhojir jabrlandi.
Jinoyatchi 28 yoshli Luka Traini bo‘lib chiqdi. U muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgani ma’lum bo‘ldi.
Trainining tanishlari u ultrao‘ng qarashlar tarafdori bo‘lganini tasdiqladi. Shuningdek, u muhojirlarga qarshi bo‘lgan mahalliy partiya a’zosi edi.
Otishmadan bir necha kun oldin Nigeriya fuqarosi 18 yoshli italyan ayolni o‘ldirgan edi. Hujum bunga javob tariqasida amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)