Falastinni ozod qilish tashkiloti ijro qo‘mitasi Falastin hukumatini Isroil bilan barcha sohalarda hamkorlikni to‘xtatishga chaqirdi. Qo‘mita bayonoti 3-fevral, shanba kuni Falastin prezidenti Mahmud Abbos boshchiligidagi majlis yakunlari bo‘yicha e’lon qilindi, deb yozadi “TASS”.
Ijro qo‘mitasi hukumatdan Isroil hukumati bilan siyosat, xavfsizlik va boshqaruv masalalari bo‘yicha aloqalarni to‘xtatish yuzasidan loyihalar tayyorlashni boshlashni talab qilmoqda.
Bundan tashqari, Falastinni ozod qilish tashkiloti Isroil harakatlariga e’tiroz bildirish uchun BMT Bosh Assambleyasi Xavfsizlik kengashi va Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)