Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning aytishicha, AQSh Rossiyaga yadroviy zarba berish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda u AQShning yangi yadroviy doktrinasi haqida fikr bildirish chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “MK.ru”.
Uning fikricha, AQSh butun dunyoda yadroviy qurol yo‘q qilinishini gapirish asnosida o‘zi qurollanish poygasida ishtirok etishda davom etmoqda.
Oldinroq Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif ham AQSH yadroviy doktrinasini tanqid ostiga olgan edi.
Izoh (0)