WSB oldidan O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘z sportchilarini Hindistondagi India Open turniriga jo‘natib, yakunda shohsupa cho‘qqisidan joy olgandi. Zaxira bokschilarini esa tashkilot Qirg‘izistondagi Duyshenkul Shopokov xotirasiga bag‘ishlangan turnirga yubordi.
Fotogalereya: India Open orqali yilni muvaffaqiyatli boshlagan o‘zbekistonlik sportchilar WSB ringlari uchun tayyor
Hisob bo‘yicha 41-bor o‘tkazilgan turnirga 10 nafar o‘zbekistonlik bokschi yetib keldi. Ular termaning uchinchi tarkibi deyilsa, to‘g‘riroq bo‘ladi. Shunga qaramay, ilk janglardan so‘ng 8 nafar bokschi chorak finalga yo‘l oldi.Ularning barchasi mezbonlarga raqib bo‘lgandi. Bunda Qirg‘iziston sportchilaridan faqatgina -75 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan bokschi zafar quchdi, qolgan yetti jang O‘zbekiston termasi a’zolarining g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Chorak final
- -49 kg: Nodir Mirzaahmedov — Rahmonqul Avatov (Qirg‘iziston) 3:2
- -52 kg: Fozil Abdumurodov — Janibek Musayev (Qirg‘iziston) 3:2
- -56 kg: Oybek Jo‘rayev — Jenishbek Belosharov (Qirg‘iziston) 5:0
- -60 kg: Rahmatillo Qo‘ziyev — Aman Avtandil uulu (Qirg‘iziston) 5:0
- -69 kg: Fazliddin Meliboyev — Sirgak Abdijapar uulu (Qirg‘iziston) 5:0
- -75 kg: Oqmurod G‘afforov — Azamat Kanibek uulu (Qirg‘iziston) 2:3
- -81 kg: Bahrom Fozilov — Bayaman Ilyasov (Qirg‘iziston) nokaut
- +91 kg: Obidjon Tohirov — Altinbek Abdujalil uulu (Qirg‘iziston) nokaut
Yarim final
Bir necha soat avval yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Boks murabbiyi To‘lqin Qilichevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 4 nafar o‘zbekistonlik sportchi finalda jang qilish huquqini qo‘lga kiritgan. Bular:- -49 kg: Nodir Mirzaahmedov
- -52 kg: Fozil Abdumurodov
- -69 kg: Fazliddin Meliboyev
- +91 kg: Obidjon Tohirov
Bishkek shahridagi turnirga mezbonlar va O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Tojikiston va Qozog‘istondan ham vakillar kelgan bo‘lib, bokschilar soni jami 150 nafarni tashkil etgandi.
Izoh (0)