3-fevral, shanba kuni Rossiyadagi eng shimoliy masjid Arxangelsk tarixiy markazida ochildi, deb yozadi “TASS”.
Ikki qavatli yog‘och masjid u XX asrning boshida joylashgan joyda qayta tiklandi.
“Arxangelskdagi masjid 1905-yildan buyon mavjud bo‘lib kelgan. Uning maketi ajdodlarimiz tomonidan kutubxonaga topshirilgan va u hozirga qadar saqlanib kelgan. Tatariston Respublikasi ko‘magida masjidni qayta tikladik. U yuz yil avvalgi ko‘rinishining aynan o‘zidek barpo etilgan”, — deydi “Arxangelsk viloyati Tatar milliy-madaniy avtonomiyasi” jamoatchilik tashkiloti hududiy kengashi raisi Rim Kalimullin.
Arxangelsk viloyati gubernatori Igor Orlov bu Arxangelskda yashovchi o‘n ming musulmon uchun muhim voqea ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)