Shu vaqtga qadar O‘zbekiston Oliy Ligasi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan O‘zbekiston chempionati 2018-yildan boshlab Super Liga deb nomlanadi va unda rasman 12 ta klub chempionlik uchun kurash olib boradi.
Reglamentga ko‘ra, dastlabki bosqichda 12 ta klub bir-biri bilan 11 ta uy va 11 ta safar — jami 22 ta turda maydonga tushadi. Keyin 1—6-o‘rinni egallagan klublar chempionlik uchun alohida kurashga qo‘shiladi. 7—12-o‘rin egalari esa Super Ligada jon saqlab qolish harakatiga tushadi.
Bunda “oltin ochko” qoidasi bor. Ya’ni, ikkinchi bosqichdan boshlab bitta jadvalda aks etgan klublarning birinchi bosqichdagi o‘zaro o‘yinlari natijasi saqlanib qoladi.
Qur’a marosimi
Bungacha PFL rahbariyati Oliy Liga bellashuvlariga qur’a tashlash marosimini juda jo‘n tarzda olib borgan. Yangi rahbariyat esa qur’aning tashkiliy masalalarini yuqori saviyada yo‘lga qo‘yishga harakat qildi. U odatdagi kabi O‘FA anjumanlar zalida emas, International Hotel mehmonxonasida o‘tkazildi.Unga ko‘ra, amaldagi chempion “Lokomotiv” ilk turni Navoiyda o‘tkazadigan bo‘ldi. “Nasaf” Super Ligada qolgan “Neftchi” uyiga boradi. “Paxtakor” va “Bunyodkor” esa mavsumni Toshkentdagi o‘yinlar bilan boshlaydi.1-tur
- “Bunyodkor” – “AGMK”
- “Paxtakor” – “So‘g‘diyona”
- “Neftchi” – “Nasaf”
- “Buxoro” – “Qo‘qon-1912”
- “Qizilqum” – “Lokomotiv”
- “Metallurg” – “Navbahor”
Izoh (0)