O‘zbekistonda “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bu O‘zbekiston Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Mazkur mukofot jamiyat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oila shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishi, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga beriladi.
Izoh (0)