“Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lida foto va video qayd etish fevral oyida to‘liq ishga tushadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Toshkent viloyati hududidan o‘tgan M39 “Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining 806-871 kilometrlari oralig‘ida maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar o‘rnatilib, joriy yilning 20-yanvar kunidan buyon sinov tariqasida foydalanilayotgan edi.
Mazkur avtomobil yo‘liga o‘rnatilgan fotoradarlar shu oydan boshlab to‘liq ishga tushiriladi.
Yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga mo‘ljallangan mazkur maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar qisqa muddatda Toshkent viloyatining barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)