O‘zA muxbiri Rossiya milliy teleradioeshittirishlar uyushmasi prezidenti, Teleeshittirishlar, elektron ommaviy axborot vositalari va internet texnologiyalarini rivojlantirish fondi rahbari, Rossiya televideniye akademiyasi a’zosi, taniqli telejurnalist Eduard Sagalayev bilan suhbatlashdi.
Moskvada biz kabi O‘zbekistondan kelganlar oz emas. Teatrda, ko‘rgazmada ishtirok etganimizda uchrashib qolsak, albatta “Qanday yangiliklar?” deya so‘raymiz. O‘zbekistondan kelgan xushxabarlardan quvonamiz. Bunday quvonchli xabarlar keyingi vaqtda juda ko‘paydi. Har kuni qandaydir yangilik yuz bermoqda. Ular oddiy emas, balki keng doiralarda e’tirof etilmoqda. Misol uchun, O‘zbekiston Prezidentining BMTda, Ostonadagi Butunjahon ko‘rgazmasidagi nutqi, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston davlatlariga tashrifi. Har kuni – yangi qaror, yangi farmon va yechim.Bir qarasang, investitsiyalar bo‘yicha yangi vazirlik tashkil etiladi, yana bir ozdan so‘ng maktabgacha ta’lim vazirligi ochiladi. Ayniqsa, aholi turmush darajasini yaxshilash, xususan, pensionerlar, talabalar va davlat xizmatchilarining ish haqi miqdorini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mamnuniyat bag‘ishlaydi. Prezident ilgari surayotgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan g‘oya hamma tomonda olqishlanmoqda. Bu ajoyib shior, lo‘nda va adolatli. Qani endi biror bir byurokrat yoki mansabdor shaxs buning aksini qilib ko‘rsin-chi...
Eduard Sagalayev, Rossiya milliy teleradioeshittirishlar uyushmasi prezidenti
Izoh (0)