Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Arab koalitsiyasi Adanda “Al-Maashik” prezident saroyining Janubiy o‘tish kengashi kuchlari tomonidan shturm qilinishi oldini oldi. Bu haqda 31-yanvar, chorshanba kuni Al Hayat gazetasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Alyans qo‘mondonligi nizolashuvchi tomon bilan bog‘lanib, ularni jangni to‘xtatish va inqirozni hal etish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishga ko‘ndirgan.
Gazetaning ta’kidlashicha, Janubiy o‘tish kengashi kuchlari shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgan, bosh vazir Ahmad bin Dagr va uning mahkamasi vazirlarining bir qismi hozirgi paytda alyans shtabida.
Izoh (0)