Portugaliyalik hujumchi Ismoil Gonsalvesh faoliyatini Toshkentning “Paxtakor” klubida davom ettiradi. Klub va futbolchi o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.
Gonsalvesh Portugaliyaning “Boavishta” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ayni vaqtda 26 yoshda bo‘lgan hujumchi bungacha Fransiyaning “Nitssa”, Shotlandiyaning “Sent-Mirren” va “Xarts”, Kiprning “APOEL” va “Anortosis”, Gretsiyaning “Veria”, Saudiyaning “Al-Ittifoq” kabi klublarida o‘ynagan.
Faoliyati davomida 186 ta o‘yinda maydonga tushib, 54 ta gol urgan Gonsalvesh 2013-yilgi mavsum “Sent-Mirren” bilan Shotlandiya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. O‘sha yiliyoq “APOEL” bilan Kipr Superkubogiga ega chiqqan.
“Paxtakor” safida bunga qadar isroillik Gidi Kanyuk, braziliyalik Tiagu Bezerra, chernogoriyalik Marko Simich hamda avstraliyalik Rostin Griffits kabi legionerlar bor edi. PFL 2018-yildan boshlab Super Liga ishtirokchilariga 4+1 legionerlar limitiga ruxsat berdi va “Paxtakor” bu imtiyozdan to‘liq foydalandi. Osiyo Chempionlar Ligasida esa limit o‘zgarmagan — 3+1.
Izoh (0)