Toshkent viloyatining Chimyon tog‘ yonbag‘irlarida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarining navbatdagi bosqichi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Jo‘rayev hamda Belarus delegatsiyasi rahbari A.Xudoleyev ishtirokida o‘tkazildi. Bu haqda FVV rasmiy sayti xabar bermoqda.
O‘quv mashg‘ulotining mazkur bosqichida tog‘ sharoitida qutqaruvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, xususan, dam oluvchilarni evakuatsiya qilish, tog‘da qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish, qutqaruv ishlarida alpinistik texnologiyalarni qo‘llash, qor ko‘chkisida jabrlanuvchilarni qidirib topish va evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.
O‘quv mashg‘uloti do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va quvqaruvchilar bir-birini qo‘llab-quvvatlashi ruhida o‘tmoqda.
Izoh (0)